calendar_month
01 / 04
Kuningiz bitta ekranda
Kim qachon keladi, hozir kim o'tiribdi, qaysi vaqt bo'sh - hammasi ko'rinib turadi.
Har navbat rangi bilan gapiradi: tugallangani so'nadi, hozir davom etayotgani yashil
bo'lib yonadi, havola orqali kelgan yangi so'rov tasdiq kutib turadi.
Bir vaqtga ikki mijoz yozilib qolmaydi - band vaqt boshqa hech kimga ko'rsatilmaydi.
Dam kunlari va bayramlar
Navbatni bosib ko'chirish
Mijoz ro'yxatdan o'tmasa ham
group
02 / 04
Kim qachon kelganini eslab turasiz
Har bir mijozning kartasida necha marta kelgani, oxirgi tashrifi va sizning
izohingiz saqlanadi - "yon tomon kaltaroq" deb yozib qo'ysangiz, keyingi safar
so'rab o'tirmaysiz. VIP, DOIMIY va YANGI teglari doimiy mijozni yangisidan
ro'yxatning o'zidayoq ajratib turadi.
Tashriflar tarixi
Shaxsiy izoh
Bir bosishda qo'ng'iroq
content_cut
03 / 04
Narx va vaqtni bir marta yozasiz
Har xizmatning davomiyligini bir marta kiritasiz - masalan, soch olish 40 daqiqa.
Shundan keyin bo'sh vaqtlar o'zi hisoblanadi va mijoz faqat haqiqatan bo'sh
vaqtni ko'radi. Kalendarni qo'lda to'ldirib o'tirish kerak emas.
Kategoriyalar bo'yicha
Xizmat rasmi
Narx mijozga ko'rinadi
monitoring
04 / 04
Qancha ishlaganingiz - taxminan emas
Bugungi daromad, bronlar soni va o'rtacha chek. Qaysi xizmat ko'proq pul
keltirayotgani ro'yxat bo'lib chiqadi. Salon bo'lsa - har bir usta bo'yicha
alohida va uning ulushi qancha bo'lgani.
Kun, hafta, oy
Kunlik Telegram hisobot
Excel'ga yuklab olish